Mustaqil izlanuvchilik (PhD, DSc)ga hujjatlar qabuli boshlandi
2026-07-20 10:00:00 / Yangiliklar

2026-yil 15-iyuldan boshlab O‘zbekiston milliy metrologiya instituti huzurida 05.03.02 – Metrologiya va metrologiya ta'minoti ixtisosligi bo‘yicha PhD hamda DSc ilmiy darajalarini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul jarayoni boshlandi.
Hujjat topshirish muddati:
2026-yil 15-iyuldan 15-avgustga qadar
Yagona elektron tizim orqali: http://daraja.ilmiy.uz
📝 Talab qilinadigan hujjatlar:
▶️Oliy ta’lim (magistratura yoki klinik ordinatura) diplomi nusxasi
▶️Kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis (nusxalari yoki havolasi bilan)
▶️Qisqacha biografik ma’lumotnoma (CV)
Diplom ma’lumotlari elektron tizimga integratsiyalangan bo‘lsa, diplom nusxasi topshirish majburiy emas.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun murojaat:
O‘zMMI Ilmiy-innovatsion rivojlantirish va xalqaro aloqalar bo‘limi
☎️Tel: 71 202 00 11 (ichki: 1270)
+9989 (93) 515 75 27
