Ta’limdagi hamkorlik, ilm-fan va metrologiya integratsiyasi istiqbollari muhokama qilindi
2026-07-16 10:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori maslahatchisi N.Mamadaliyeva, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Hududiy filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish va rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i T.Yusupov, O‘zMMI Jizzax filiali boshlig‘i Gʻ. Mannonqulov Jizzax politexnika instituti rektori, texnika fanlari doktori, professor A.Usmanqulov, institut prorektorlari va dekanlari bilan uchrashdi.
Unda metrologiya va standartlashtirish sohasida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, innovasion yechimlardan samarali foydalanish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish hamda ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, institut laboratoriyalarining moddiy-texnik bazasi, ularning ilmiy va amaliy salohiyati, metrologik xizmatlar ko‘rsatish imkoniyatlari bilan tanishildi. Muloqot jarayonida yoshlarning ilmiy izlanishlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, malakali kadrlar tayyorlash hamda sohaviy terminologiyani rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.
Tadbirda standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash va laboratoriya faoliyatini yanada takomillashtirish va ushbu yo‘nalishlarda ilmiy-amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligi ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, yosh olimlar va mutaxassislarni sohaga keng jalb etish hamda zamonaviy innovasion ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.



