Saudiya Arabistoni Podshohligining O‘zbekistondagi elchisi bilan muzokaralar o‘tkazildi
2026-07-14 11:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori A.Jumanazarov Saudiya Arabistoni Podshohligining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Saad bin Nosir bin Abdulloh Abu Haymed bilan uchrashdi.
Muzokaralarda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish, o‘zaro savdo aylanmasini oshirish, investisiyaviy hamkorlikni kengaytirish hamda texnik jihatdan tartibga solish soxasidagi muloqotni faollashtirish masalalari o‘rin oldi.
O‘zbekistonda Saudiya kapitali ishtirokidagi o‘nlab korxonalar faoliyat yuritmoqda. Energetika (xususan, "ACWA Power" kompaniyasi tomonidan shamol va quyosh elektr stansiyalarini qurish) va infratuzilma loyihalariga milliardlab dollarlik sarmoyalar kiritilmoqda.
Uchrashuvda standartlashtirish, metrologiya, maxsulotlar sinovi va bozor nazorati yo‘nalishlari atroflicha muhokama qilindi. Alohida e’tibor O‘zbekiston muvofiqlikni baxolash idorasini Saudiya Standartlar, Metrologiya va Sifat Tashkiloti (SASO) tomonidan joriy etilgan SABER elektron tizimida ro‘yxatdan o‘tkazishga qaratildi.
Raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish, texnik jihatdan tartibga solish va bozor nazorati sohalarida ilg‘or tajriba hamda samarali amaliyotlarni o‘zaro almashish bo‘yicha hamkorlikni yanada kengaytirish taklif etildi.
Ma’lumot uchun- SABER Saudiya Arabistoniga import qilinadigan mahsulotlarning xavfsizlik va sifat nuqtai nazaridan texnik reglamentlar va standartlariga muvofiqligini tasdiqlash va sertifikatlar berishni osonlashtirish.
“Yashil” energetika, transport, geologiya, to‘qimachilik, turizm, infratuzilmani rivojlantirish va boshqa yo‘nalishlarda kooperatsiya loyihalari keng rivojlanib borayotganligi va albatta mazkur sohalarni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarishda standartlashtirish va texnik tartibga solish sohasi muxim o‘rin tutishi qayd etildi.
Ishbilarmonlarning aloqalari uchun yanada qulay sharoitlar yaratish, o‘zaro savdo hajmini oshirish, tarkibini diversifikatsiya qilish, savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish zarurligiga e’tibor qaratildi. Tadbirkorlik sub’yektlariga qulaylik yaratish maqsadida kelgusida muvofiqlikni baholash soxasida o‘zaro natijalarni tan olish bo‘yicha xukumatlararo Bitim loyixasini ishlab chiqish taklif etildi.
Uchrashuv yakunida texnik jihatdan tartibga solish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va jadallashtirish, texnik reglamentlarni xalqaro talablar va ilg‘or standartlar asosida takomillashtirish, bozor nazoratining zamonaviy modellarini keng joriy etish hamda ikki mamlakat vakolatli idoralari o‘rtasidagi institusional hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha o‘zaro anglashuvga erishildi.
Mazkur kelishuvlar O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi strategik iqtisodiy sheriklikni yanada mustahkamlash, milliy texnik tartibga solish tizimini xalqaro amaliyotlar bilan integratsiyalashtirish va eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladigan muhim institusional asos sifatida baholanadi.



