Tadbirkorlar uchun “LABTUR”tashkil etildi
2026-07-06 10:00:00 / Yangiliklar

🔵 Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun “LABTUR” (Ochiq eshiklar kuni) tadbiri tashkil etildi.
🔴 Tadbir doirasida ishtirokchilar Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sinov laboratoriyasi faoliyati bilan yaqindan tanishib, laboratoriyada qo‘llanilayotgan zamonaviy sinov uskunalari, mahsulotlarni sinovdan o‘tkazish bosqichlari hamda sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlarini baholash jarayonlari haqida batafsil ma’lumot oldilar.
Mutaxassislar tomonidan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini milliy hamda xalqaro standartlar talablari asosida sinovdan o‘tkazish, laboratoriya xulosalarini rasmiylashtirish, mahsulotlarning belgilangan talablarga muvofiqligini aniqlash tartiblari yuzasidan amaliy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, laboratoriya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari, mahsulot sifatini oshirish, eksport bozorlariga chiqishda zarur bo‘ladigan sinov va muvofiqlikni baholash jarayonlari hamda ularning afzalliklari muhokama qilindi. Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.
🟤 “LABTUR” tadbiri ishlab chiqaruvchilarni zamonaviy laboratoriya infratuzilmasi bilan yaqindan tanishtirish, sifat infratuzilmasi xizmatlaridan samarali foydalanishni kengaytirish, mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish hamda ishlab chiqaruvchilar va sinov laboratoriyalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda



