Jamoatchilik institutlari vakillari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-06-15 11:00:00 / Yangiliklar

✅O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida jamoatchilik institutlari vakillari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
✅Tadbirda O‘zbekiston standartlar instituti mas’ul xodimlari tomonidan institut faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, standartlashtirish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan batafsil hisobot taqdim etildi.
Uchrashuv davomida mamlakatimizda texnik jihatdan tartibga solish va standartlashtirish sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xalqaro standartlarni milliy amaliyotga joriy etish, mahsulot va xizmatlar sifatini oshirish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.
✅Savol-javoblarga boy tarzda o‘tgan davra suhbatida jamoatchilik institutlari vakillari o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr va mulohazalarini bildirdilar. Ishtirokchilar tomonidan ilgari surilgan taklif va tavsiyalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berilib, o‘zaro fikr almashildi.
✅Tadbir yakunida bunday ochiq muloqotlar davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish hamda ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.



