9-iyun — Butunjahon akkreditatsiya kuni muborak!
2026-06-09 10:00:00 / Yangiliklar

Joriy yilda ushbu sana “Innovatsiyalar, ishonch va barqarorlik: akkreditatsiyaning qudrati” shiori ostida nishonlanmoqda.
Akkreditatsiya — mahsulot va xizmatlar sifati hamda xavfsizligini ta’minlash, xalqaro ishonchni mustahkamlash va barqaror rivojlanishga xizmat qiluvchi muhim omildir. Bugungi kunda innovatsion yondashuvlar, zamonaviy texnologiyalar va xalqaro talablarga muvofiq faoliyat yuritish orqali sifat infratuzilmasini yanada takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu munosabat bilan, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi jamoasi akkreditatsiya tizimida faoliyat yuritayotgan barcha mutaxassislar, ekspertlar, baholovchilar hamda hamkor tashkilotlar vakillarini samimiy tabriklaydi.
Barchangizga mustahkam sog‘lik, mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, yangi yutuqlar hamda yurtimizda sifat va ishonch muhitini yanada rivojlantirish yo‘lidagi ishlaringizga zafarlar tilaymiz.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz hamkasblar!
