Soha rivoji yo‘lida qonunchilik bazasi mustahkamlanmoqda
2026-04-29 10:05:00 / Yangiliklar

🔵O‘zbekistonda ichki bozorda ochiq va adolatli raqobat muhitini ta’minlash hamda texnik jihatdan tartibga solish tizimini xalqaro talablarga moslashtirish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
🔴Shu maqsadda, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–67-son Farmoni asosida qonun loyihasi ishlab chiqildi.
🟢Mazkur hujjatga muvofiq, “Metrologiya to‘g‘risida”, “Standartlashtirish to‘g‘risida”, “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida” hamda “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish to‘g‘risida”gi qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan.
🟡Qonun loyihasi 2026-yil 30-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritilib, 7-aprel kuni birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ma’qullandi.
🟤Shuningdek, hujjat Qonunchilik palatasining Jahon savdo tashkiloti bitimlariga uyg‘unlashtirish bo‘yicha komissiyasida ko‘rib chiqildi. Unda Agentlik mas’ullari faol ishtirok etdi.
🩷Muhokamalar davomida qonun loyihasining ayrim normalari yanada aniqlashtirilib, uni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqildi.



