“Milliy sifat infratuzilmasidagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasidagi uchrashuv
2026-03-03 11:00:00 / Yangiliklar

🔵 O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Germaniya Federal fizika-texnika instituti (PTB) loyiha koordinatori Nadin Tatge hamda xalqaro ekspert Dr. Clemens Sanetra bilan uchrashdi.
🔴 Uchrashuvda “Milliy sifat infratuzilmasidagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, sifat infratuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi, texnik jihatdan tartibga solish sohasiga oid takliflar, xodimlar malakasini oshirish, mahalliy sanoat korxonalari bilan tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda jarayonlarni integratsiya qilish masalalari muhokama qilindi.
🟢 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 16-fevraldagi PF-25-son Farmoni ijrosi doirasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
🟡 Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni yanada kengaytirish, muhokama qilingan loyiha va tashabbuslarni amalga oshirishni jadallashtirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlarni ko‘rishga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar.




