“Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi” mavzusida seminar o‘tkazildi
2026-02-17 12:05:00 / Yangiliklar

✅ Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tashabbusi bilan Namangan shahrida “Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi” shiori ostida korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish masalalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
✅ Seminarda so‘zga chiqqanlar korrupsiyaga qarshi kurashish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, fuqarolar noroziligiga yo‘l qo‘ymaslik, halollik va qonuniylik tamoyillariga qat’iy amal qilish har bir xodimning xizmat burchi ekani alohida qayd etdi.
✅ Seminar davomida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni hamda mazkur yo‘nalishda qabul qilingan qaror va farmonlarning mazmuni keng yoritildi. Korrupsiyaning jamiyat va iqtisodiyot rivojiga salbiy ta’siri, halollik tamoyillarining ahamiyati hamda korrupsiyaning oldini olishning asosiy yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
✅ Tadbir yakunida korrupsiyaga qarshi kurashish har bir xodimning ustuvor vazifasi ekani, ushbu illatga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish, qonunchilik talablariga qat’iy amal qilish hamda xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarish zarurligi yana bir bor alohida ta’kidlandi.


