Ekologiyani asrash - kelajakni asrash!
2025-11-07 17:10:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PQ-184-sonli “2030 yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining ekologik madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida Agentlik xodimlari o‘rtasida, tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasi asosida, ekologik targ‘ibot ishlari amalga oshirilmoqda.
Shu bois, ekologik qonunchilik va normativ hujatlar bilan xodimlarni xabardor qilish maqsadida joriy yilning 7-noyabr kuni Ekologiya vazirligining Toshkent shahar boshqarmasiboshlig‘i o‘rinbosari A.A.Sadikov ishtirokida texnik o‘qish tashkillashtirilib, unda Agentlikning 95 nafar xodimidan 65ta xodim ishtirok etdi (68%). Texnik o‘qish davomida ishtirokchilar ma’ruzachiga mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, javob olishdi.





