Malakaviy talablar bilan tanishish
Har bir vakant lavozimga alohida malaka talablari belgilanadi.
Malaka talablariga mos kelmagan va (yoki) test sinovidan muvaffaqiyatli oʻta olmagan nomzodlar ishga qabul qilinmaydi.
Nomzodlardan:
- Iqtisodiyot, buxgalteriya, bank-moliya yoki soliq sohasida oliy maʼlumot;
- Buxgalteriya hisobi, soliq hamda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining soliqqa oid meʼyoriy-huquqiy hujjatlari boʻyicha yuqori bilim va koʻnikma;
- Davlat tili va chet tili (rus, ingliz tili)ni mukammal bilish, ingliz tilini bilgan nomzodlarga alohida eʼtibor qaratiladi;
- Kompyuter dasturlaridan yuqori darajada foydalana olish talab etiladi.
Ayrim hollarda soliq organlariga xizmatga boshqa sohalarda oliy maʼlumotga ega boʻlgan, korxonalar va alohida tarmoqlarga soliq solish va ularning moliyaviy faoliyatini tahlil qilish sohasida zarur bilimlarga ega boʻlgan xodimlar qabul qilinishi mumkin.
Shuningdek:
- Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan;
- jinoyat sodir etganligi uchun ilgari sudlangan fuqarolar ularga nisbatan jazo qoʻllanilganligidan, sudlanganlik holati tugallanganligidan yoki olib tashlanganligidan va amnistiya akti qoʻllanilganligidan qatʼi nazar (ehtiyotsizlik orqasida, shu jumladan, mansab mavqeini suiisteʼmol qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jinoyat sodir etganligi uchun sudlangan fuqarolar bundan mustasno);
- belgilangan tartibda huquqiy layoqatsiz yoki huquqiy layoqati cheklangan deb eʼtirof etilgan;
- mehnat haqidagi qonunlarga muvofiq ilgari ish beruvchining tashabbusi bilan davlat soliq xizmati organlaridan boʻshatilgan (Ish joyining qisqarishi oqibatida boʻshatilgan holatlar bundan mustasno), shuningdek, boshqa organ va tashkilotlardan obroʻsini toʻkadigan xatti-harakat sodir etganlik uchun boʻshatilgan shaxslar davlat soliq xizmati organlariga xizmatga qabul qilinmaydilar.
