Yig‘ilishda bir qator dolzarb masalalar muhokama etildi
2025-11-03 14:10:00 / Yangiliklar

Joriy yil yanvar-sentyabr oylarida 115,6 ming nafar aholini daromadli mehnat bilan band qilish reja qilingan bo‘lib, amalda bu ko‘rsatkich 128,9 ming nafarni tashkil etdi va reja ijrosi 112 foizga bajarildi.
Dastur doirasida reja ko‘rsatkichlar bajarilgan bo‘lsada, hududlarda ayrim yo‘nalishlarda to‘liq bajarilmagani tanqid qilindi.
Shuningdek, kambag‘allikdan chiqarilgan oilalar soni bo‘yicha eng yomon ahvol Karmana tumani 29 foiz, Nurota tumanida 29,8 foiz va Xatirchi tumanida 32,4 foiz oila kambag‘allikdan chiqqan xolos.
Tashqi mehnat migratsiyasidan qaytganlar bo‘yicha ham jiddiy ishlash kerakligi uqtirildi.
Tuman va shahar hokimliklari tomonidan "mahalla yettiligi" hamda biriktirilgan mas’ullar bilan birgalikda mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarni bandligini ta’minlash, ularni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish choralarini ko‘rish ta’kidlandi.




