120 o‘rinli zamonaviy bog‘cha binosi barpo etilmoqda
2025-07-02 13:05:00 / Yangiliklar
Viloyat hokimining navbatdagi manzili "Talqoq" MFY hududida joylashgan va xalqaro "Islom taraqqiyoti" banki mablag‘lari hisobidan qurilayotgan Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘ldi.

Umumiy qiymati 4,5 mlrd so‘mlik mazkur loyiha doirasida 120 o‘rinli zamonaviy bog‘cha binosi barpo etilmoqda. Qurilish ishlari bilan tanishish jarayonida viloyat hokimi loyiha sifati, bajarilayotgan ishlarning sur’ati hamda foydalanilayotgan qurilish materiallariga alohida e’tibor qaratdi.
Shuningdek, bu yerda ham mas’ul tashkilotlarga aniqlik, sifat va belgilangan muddatlarga qat’iy rioya qilish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



