“Yoshlar ishlari agentligi kubogi”ning respublika bosqichiga START berildi
2025-06-10 16:45:00 / Yangiliklar
To‘dako‘ldagi “Xalqaro shaxmat maktabi”da "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida shaxmat boʻyicha “Yoshlar ishlari agentligi kubogi”ning respublika bosqichiga START berildi.

Respublikamizning barcha viloyatidan kelgan ishtirokchilar Yoshlar agentligi vakillari boshchiligida tantanali kutib olingach, aqliy bellashuvlar boshlandi.




