TALABALAR VA MAGISTRLAR AQSH UNIVERSITETLARIDA O‘QISH BO‘YICHA TAQDIMOT BILAN TANISHDI
2025-05-20 16:45:00 / Yangiliklar
AQShning Toshkentdagi elchixonasi vakillari tomonidan Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida AQSH universitetlarida o‘qish va akademik almashinuv dasturlari bo‘yicha taqdimot seminari tashkil etildi. Dastlab, mehmonlar universitet rahbariyati bilan uchrashib, delegatsiya a’zolari NDKTU faoliyati bilan tanishtirildi.

Seminarda O‘zbekiston yoshlari uchun xorijda o‘qish dasturlari bo‘yicha atroflicha ma’lumot berildi. Savol-javob shaklida tashkil etilgan muloqot davomida yoshlarning barcha savollariga batafsil javoblar berildi.
Seminar yakunida elchixona vakillari yoshlarni o‘z bilim va salohiyatlarini xalqaro miqyosda namoyon etishda faol bo‘lishga va ingliz tilini chuqur o‘rganishga chorladi.


