Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov boshchiligidagi delegatsiya Tatariston Respublikasida
2025-05-15 16:40:00 / Yangiliklar

Ma’lumot uchun: “KIP Master” industrial texnoparkida 295 ta rezident faoliyat yuritmoqda va ularda 12 000 dan ortiq xodim mehnat qiladi. Texnoparkning umumiy maydoni 1,5 million kvadrat metrni tashkil etadi. Rezident korxonalarining yillik umumiy tovar aylanmasi 80 milliard rubldan oshadi.
Muzokaralarda texnoparkning yetakchi rezidentlari “Haier Industrial Rus”, “AK Renta”, “Indel”, “Kamaz Tal” va boshqa 30 dan ortiq kompaniyalar vakillari ishtirok etdi. Tomonlar hamkorlik istiqbollari hamda qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qilishdi.
Xususan, Navoiy viloyati delegatsiyasi Karmana tumanida Tatariston Respublikasi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan “Navoiy” sanoatni rivojlantirish majmuasi to‘g‘risida taqdimot o‘tkazdi. Taqdimotda investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, tayyor infratuzilma, ishlab chiqarish obyektlarini joylashtirishdagi imtiyozlar hamda loyihalarni amalga oshirishdagi ma’muriy ko‘mak haqida ma’lumot berildi.
Muzokaralar natijasida Navoiy viloyati hududiga Tatariston kompaniyalarini jalb etgan holda qo‘shma investitsiya loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.


