Navoiy shahridagi “Qizilqum” futbol klubi stadioni millionlar o‘yini muxlislarini qayta bag‘riga olishga tayyor
2025-05-01 15:15:00 / Yangiliklar
O‘yingoh mukammal ta’mirlanib, 10700 tomoshabinni o‘z bag‘riga sig‘dirish imkoniga ega bo‘ldi.

Stadionning 105/65 metrli maydoni tabiiy gazon bilan qoplanib, zamonaviy talablarga to‘liq javob bera oladi.
Endilikda “Qizilqum” futbol klubi o‘yinlarini ushbu zamonaviy stadionda tomosha qilishingiz mumkin.
Stadionning rasmiy ochilish marosimi 4 may kuni soat 19 da "Qizilqum" - "Navbahor" klublarining o‘rtoqlik uchrashuvi bilan bo‘lib o‘tadi. Ochilish marosimida respublikaning taniqli xonandalari ishtiroki ham kutilmoqda. Qiziqarli o‘yin va konsert dasturiga marhamat qiling.


