CHO‘LDA YOMGʻIR YOGʻDIRISH INNOVATSIYASI
2025-04-23 14:20:00 / Yangiliklar
Konimex tumanida O‘zbekistonda ilk marotaba yomg‘ir yog‘dirish texnologiyasi qo‘llanmoqda. Qozog‘istonning "International centre of climate change technologies" kompaniyasi bilan hamkorlikda ushbu innovasion loyiha amalga oshirilayotgan bo‘lib, ahamiyatli jihati, bu tumanda qurg‘oqchilikka qarshi kurashishda keng qo‘llaniladi.

"Yangiqazg‘on" OFY hududida joylashgan mazkur texnologiya bilan tanishish maqsadida Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov hududda bo‘lib, kompaniya rahbari Aynabek Altay bilan yomg‘ir chaqirish texnologiyasining asoslari, muvaffaqiyat va alohida xususiyatlari haqida suhbatlashdi.


