Navoiy viloyatida ICT4Girls olimpiadasining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi
2025-04-09 09:10:00 / Yangiliklar
Sport dasturlash bo‘yicha ICT4Girls olimpiadasiga Respublika bo‘ylab 400 ga yaqin ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tgan bo'lib, Navoiy viloyatidan 24 nafar o'quvchi qiz hududiy bosqichda bellashdi. Bu bosqichda viloyatda yuqori o'rinlarni egallagan kamida 3 nafar qiz Respublika bosqichida qatnashadi.

Joriy yilda ICT4Girls olimpiadasining g‘oliblari uchun sport dasturlash bo‘yicha maxsus butkemp tashkil etiladi va butkemp so‘ngida saralangan 4 nafar qiz 14-20-iyul kunlari Germaniyaning Bonn shahrida bo‘lib o‘tadigan Informatika bo‘yicha Yevropa qizlar olimpiadasi (EGOI 2025)da O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida ishtirok etadi.


