QADRIYATLARING BOQIY BO‘LSIN, NAVRO‘Z!
2025-03-18 15:30:00 / Yangiliklar
Zarafshon shahrining "Qizilqum" stadioni old maydonida "Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!" shiori ostida “Sumalak sayli” o‘tkazildi.

Ushbu tadbirda Zarafshon shahri hokimi Nazirbek Rahmanov, barcha tashkilot rahbarlari, shahar aholisi hamda turli millat va elat vakillari ishtirok etishdi. Jarayonda 13 ta qozonda sumalak pishirilib, milliy an’analarimizning go‘zal namunasi namoyish etilgan holda ramazon oyi munosabati bilan iftorlik dasturxoni tashkil etildi.
Tadbir davomida osh festivali ham o‘tkazilib, unda 14 ta qozonda osh tayyorlandi.
Sumalak saylida Navro‘z, bahor va milliy qadriyatlarimizni tarannum etuvchi kuy va qo‘shiqlar, o‘lan-u laparlar ijro etilib, bayram dasturi ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.
Shuningdek, bugun erta tongdan qozonlar ochilib, ezgu niyatlar bilan fuqarolarga sumalak tarqatildi.


