Xatirchi tumani hokimi Umidjon Adizov xitoylik investorlar bilan uchrashuv o‘tkazib, qator istiqbolli loyihalarni muhokama qildi.
2025-02-10 12:00:00 / Yangiliklar
Muzokaralar davomida sarmoyadorlar tumanda gulchilik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha o‘z rejalarini taqdim etishdi.

Bu loyihalar Xatirchi tumanida yangi ish o‘rinlari yaratish, tuman chiroyiga ko'rkamlik qo'shish va yashil makon doirasida bir qator ishlarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi.
Muzokaralardan so'ng, tumani hokimi "Xinjiang Senyunyuan Trading Co, Ltd" kompaniyasi vakillari bilan tumandagi "AGROGREENHOUSE" MCHJda tashkil qilingan gulchilik faoiliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati
