Yoshlarning bo‘sh vaqti — kitob bilan mazmunli o‘tmoqda
2026-01-09 09:10:00 / Ta'lim
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, qishki ta’til mavsumida ularning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida Navoiy shahridagi 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari "Farhod" madaniyat saroyi huzuridagi kutubxonaga tashrif buyurdi.

Viloyatimizdagi ilm-ma’rifat maskanlarining eng yiriklaridan biri sanalgan ushbu kutubxonada kitobxonlar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar, boy va rang-barang kitob fondi yosh kitobxonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Mazkur tashrif yoshlar orasida mutolaa madaniyatini rivojlantirish, kitobga mehr uyg‘otish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.



