Yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda
2026-01-08 09:00:00 / Yangiliklar
Konimex tumanida viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Laziz Qayumov, hokimlik hamda tegishli tashkilotlar mas’ullari ishtirokida ishsiz va yordamga muhtoj yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Xususan, yoshlarning bilim va malakasini oshirish hamda ularni zamonaviy sohalarga jalb etish maqsadida 4 nafar yosh yoshlar ishlari agentligi tomonidan tumandagi o'quv markazlarida bepul o'qishga yo‘naltirildi, shuningdek, 1 nafar yosh tuman Yoshlar ishlari bo‘limiga axborot-media yo‘nalishi bo‘yicha yordamchi mutaxassis sifatida ishga jalb etildi.
Qolgan yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida ularni ishga joylashtirish hamda kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha tegishli o‘quv kurslariga yo‘naltirish choralari belgilandi.


