PREZIDENT ARCHASI NAVOIYDA!
2025-12-25 15:55:00 / Yangiliklar
Bugun mamlakatimizda Yangi yil bayrami shukuhi hukmronlik qilmoqda. Barchaning kayfiyati ko‘tarinki, nigohlarda quvonch, chehralarda mamnunlik. Ayniqsa, bolajonlar shodligining chegarasi yo‘q.

Navoiy viloyatida bayramning uzviy davomi sifatida “Prezident archasi” tadbiri ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda 200 nafardan ortiq bolajonlar qatnashdi. Viloyat hokimi Normat Tursunov boshchiligidagi mas’ullar ishtirok etib, bolajonlarni Yangi yil bilan tabriklashdi va ularga Prezident sovg‘alari tantanali tarzda topshirildi.
Bayram teatrlashgan sahna ko‘rinishlariga ulanib ketdi. Qorbobo, Qorqiz va ertak qahramonlari ishtirokidagi bayram tomoshasi bolajonlarga unutilmas lahzalarni hadya etdi.
Bayram dasturxoni atrofida tadbir tantanalari davom etdi.




