AXBOROT XIZMATI QOSHIDA ZAMONAVIY MEDIA MARKAZ TASHKIL ETILDI
2025-12-20 11:50:00 / Yangiliklar

Bugun ijtimoiy tarmoqlar rivojlanishda davom etar ekan, hayot haqiqati internet imkoniyatlarini tan olishni, u bilan hisoblashish, hamkorlik qilishni shart qilib qo‘ygani bor gap. Axborot maydonida tezkorlik eng muhim masala va uning yechimi bugun internet beradigan imkoniyatlarda!
Axborot xizmati qoshida ochilgan media studiya OAVning gazeta, radio, televideniye kabi barcha yo‘nalishlarining vazifalarini o‘zida uyg‘unlashtirgan bo‘lib, bu esa o‘z navbatida ommaga axborotni tezkor, xolis va aniq yetkazib berish imkonini yanada oshiradi. Ayni paytda media makonda dolzarb bo‘lib turgan sifatli milliy kontent yaratish va uni keng ommaga tezkor yetkazish masalalarida ham ushbu studiyaning o‘rni salmoqli bo‘ladi.
Ushbu media markaz, bugun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchilar soni keskin oshib, axborot eng ko‘p iste’mol qilinadigan tovarga aylanib borayotgan zamonda ommaga tezkor, haqqoniy va aniq dalillarga asoslangan xolis axborot yetkazish yo‘lida xizmat qiladi.




