Sport sohasida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar sarhisobiga bag‘ishlangan tadbir
2025-12-19 17:10:00 / Yangiliklar
Bugun Ma’naviyat va ma’rifat markazida sport sohasida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar sarhisobiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov, soha mas’ullari va sportchilar ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun aytish joizki, 2025 yil davomida o‘tkazilgan O‘zbekiston, Osiyo, Jahon chempionati va kuboklarida hamda nufuzli Xalqaro sport musobaqalarida navoiylik sportchilar jami 1859 ta medallarni jamg‘ardilar.
Xususan, Birlashgan Arab Amirliklarida joriy yilning 9-15-dekabr kunlari Dubay-2025 yoshlar para Osiyo o‘yinlarida 8 nafar sportchilar ishtirok etib, 32 ta medallarni (25 ta oltin, 4 ta kumush, 3 ta bronza) qo‘lga kiritishdi.



