BOZORLAR RAQAMLASHMOQDA
2025-11-30 15:45:00 / Aqlli shahar

Navoiy shahridagi “Markaziy dehqon bozori”da jami 1247 ta rasta, 376 ta turg‘un shoxobchalar mavjud. Tadbirkorlarning bandligini nazorat qilish maqsadida hududda bugungi kungacha 66 ta kuzatuv kameralari o‘rnatildi. “SMART MARKETPLACE” AJ bilan soliq.uz saytida to‘liq integratsiya qilindi.
Bundan tashqari, XPRINTER XP-P-502A mobil printer orqali chek chiqarish, rastalar bandligini, turg‘un shoxobchalar oylik tushumini nazorat qilish hamda to‘lovlarni qabul qilish to‘lig‘icha ishga tushirildi va yakunlandi.
Shuningdek, bozor hududidagi avtoturargohda kuzatuv kameralari o‘rnatildi va yagona tizimda avtomashinalarni kirib-chiqish nazoratga olingan. Bugungi kunda https://raqamli-bozor.uz/ saytida bozorlar to‘g‘risida ma’lumot va rastalar sxemasini to‘liq ko‘rish imkoni mavjud.
Bugun Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov mazkur savdo majmuasi hududida bo‘lib, raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, bozor odonligi, tadbirkorlar, sotuvchi va mijozlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.



