Orzular sari suzib: Asadbek Xojiyev 7 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi
2025-12-15 09:15:00 / Sport va madaniyat

Mazkur nufuzli musobaqalarda Navoiy viloyati, Nurota tumani sport bo‘limi o‘quvchisi Asadbek Xojiyev para suzish bo‘yicha 7 ta oltin medalni qo‘lga kiritib, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining umumiy g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi.
Tarixiy g‘alaba bilan yurtimizga qaytgan tumandoshimiz Asadbek Xojiyev Nurota tumanidagi “Chashma” tarixiy-me’moriy majmuasida tantanali ravishda kutib olindi.
Tadbirida tuman hokimi Azamat Fayziyev, nuroniylar, ustoz-murabbiylar, sportchining oila a’zolari hamda sinfdoshlari ishtirok etib, chempionni yuksak natija bilan samimiy tabriklashdi.
Tadbir davomida tuman hokimi Azamat Fayziyev so‘zga chiqib, Asadbek Xojiyevning erishgan yutuqlari barchamiz uchun faxr ekani, bu muvaffaqiyatlar kelgusida ham bardavom bo‘lishiga ishonch bildirdi hamda Asadbekka kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tiladi.





