QISHLOQ XO‘JALIGI XODIMLARI MUNOSIB TAQDIRLANDI
2025-12-10 12:55:00 / Yangiliklar

Muhtaram Yurtboshimizning ta’biri bilan aytganda, "Shunday ulug‘ va muhim sohaning zalvorli yukini o‘z yelkasida ko‘tarib kelayotgan mirishkor dehqon va fermerlar, zahmatkash chorvador va pillakorlar, mohir suvchi va irrigatorlar, o‘z ishining haqiqiy ustasi bo‘lgan mexanizator va agronomlar, jonkuyar olim va mutaxassislarni dunyodagi eng olijanob kasb egalaridir" desak, haqiqatni tan olgan bo‘lamiz.
Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi tizimidagi ko‘p yillik fidokorona mehnati, soha rivojini yangi bosqichga ko‘tarish, intensiv agrotexnik usullarni qo‘llash orqali yuqori hosildorlikka erishish, el-yurt farovonligini yuksaltirishga qo‘shgan munosib hissasi, ilg‘or innovasion texnologiyalar va zamonaviy ilm-fan yutuqlarini amaliyotga keng joriy etish, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, mahsulotlarni sifatli qayta ishlash, yurtimiz eksport salohiyatini oshirish yo‘lidagi samarali faoliyati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni bilan 6 nafar navoiylik soha xodimlari ham orden va medallar bilan taqdirlandi.
Bugun viloyat hokimi Normat Tursunov orden va medallarni o‘z egalariga tantanali topshirdi.




