KONSTITUTSIYA – FAROVON HAYOTIMIZ KAFOLATI
2025-12-06 11:05:00 / Yangiliklar
Xalqimizning farovon hayoti va davlatimiz taraqqiyotining asosiy poydevori bo‘lgan Bosh qomusimiz bayrami qalblarimizga quvonch va shukuh bag‘ishlab, mehnat jamoalari, ta’lim maskanlari, mahallalarda shodu xurramlik bilan nishonlanmoqda.

Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida ham tadbirlarning uzviy davomi sifatida ma’naviy – ma’rifiy bayram tashkil etildi. Tantanali tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi yangradi.
Tadbirda viloyat hokimi Normat Tursunov, nuroniylar, xotin-qizlar va yoshlar, huquqshunos, siyosatshunos olimlar, ilm-fan namoyandalari, ijodkor ziyolilar ishtirok etdi.
Bayram tadbiri birdamlik va bag‘rikenglik, Vatan va ona yurtni madh etuvchi kuy qo‘shiqlarga ulanib ketdi.
Bayram tadbirlari viloyat bo‘ylab davom etmoqda.



