“Yil ayoli” milliy tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi
2025-12-04 09:00:00 / Yangiliklar

Tadbir avvalida viloyat hokimining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Malika Mamadiyarova ishtirokchilarni tabriklab, ular faoliyatiga yuqori baho berdi.
“Yil ayoli – 2025” tanlovida ayollar quyidagi 11 nominatsiya bo‘yicha baholandi:
1. Yilning eng vatanparvar ayoli
2. Yilning eng faol olima ayoli
3. Yilning eng ilg‘or tadbirkor ayoli
4. Yilning eng yaxshi ijodkor ayoli
5. O‘z kasbining ustasi bo‘lgan yil ayoli
6. Yilning eng kuchli ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibotchisi
7. Yilning eng yaxshi chilangar ayoli
8. Yilning eng yaxshi uy bekasi
9. Yilning eng jonkuyar ustozi
10. Yilning eng faol sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotchisi
11. Yilning eng yangi g‘oyalar tashabbuskori
Tadbir davomida g‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.


