Viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida yurak tug‘ma nuqsonli bolalar uchun maxsus tibbiy ko‘rik o‘tkazilmoqda
2025-11-28 14:55:00 / Sog'liqni saqlash

Ko‘rik davomida bolalarning yurak faoliyati chuqur o‘rganilib, zamonaviy diagnostik usullar yordamida holati individual baholandi. Mutaxassislar tomonidan har bir bemorning yurak tug‘ma nuqsoni erta aniqlanishi, to‘g‘ri kuzatuv va davolash taktikalariga alohida e’tibor qaratildi.
Natijalarga ko‘ra, operatsiyaga muhtoj bo‘lgan va tibbiy ko‘rsatmalarga javob beruvchi bemorlar saralab olinib, yurak tug‘ma nuqsonlarini bartaraf etish bo‘yicha yuqori malakali jarrohlik amaliyotlari o‘tkazish uchun Respublika bolalar milliy tibbiyot markaziga yuboriladi.
Ushbu tashabbus bolalar salomatligini mustahkamlash, og‘ir asoratlarni oldini olish va yurak kasalliklarini barvaqt davolashda viloyat tibbiyot tizimi hamkorligining muhim qadami bo‘lib xizmat qilmoqda.

