“Sen iste’dodlisan” tanlovining Respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi
2025-11-30 14:25:00 / Ta'lim
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning san’at va ijodiy salohiyatini keng namoyish etish maqsadida ilk bor tashkil etilgan “Sen iste’dodlisan” tanlovining Respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi.

Ushbu bosqichda san’atga mehr qo‘ygan o‘quvchilar estrada-vokal (an’anaviy ijrochilik) va tasviriy san’at yo‘nalishlarida o‘z ijod namunalarini taqdim etdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
Estrada-vokal yo‘nalishi:
Zarafshon shahar 4-maktab o‘quvchisi Diyorbek Muzaffarov birinchi o‘rinni egalladi.
Tasviriy san’at yo‘nalishi:
Zarafshon shahridagi 13-maktab o‘quvchisi Nigora Innatullayeva faxrli birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.


