100 YIL — BU SHONLI TARIX VA BUYUK KELAJAK
2025-11-14 17:35:00 / Yangiliklar

Bayram tadbiri davomida viloyat hokimi Normat Tursunov boshchiligidagi mas’ullar tumandagi 22-maktabda ham bo‘lishdi. Ushbu maskanda ta’lim tizimidagi so‘nggi yangiliklar hamda tumanning barcha maktablari o‘quvchilarining namunali ishlari taqdimoti, milliy qadriyatlar tarannumi, o‘quvchilarning iqtidori namoyish etildi.
Ma’lumot uchun aytish kerakki, besh yil oldin maktab bitiruvchilarining 94 nafari yoki 32,8 foizi oliy ta’limga kirgan bo‘lsa, 2025 yilda ushbu ko‘rsatkich 134 nafarga yaqin yoki 43,6 foiz o‘quvchilar talabalikka muyassar bo‘ldi.
Tumandagi umumta’lim maktablarida 3,7 mlrd so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, 312 ta yangi o‘quvchi o‘rni yaratildi.
Konimex tumanida bayram tantanalari davom etmoqda.




