UCHQUDUQLIK PEDAGOG: 100 %LIK NATIJA
2025-11-12 16:05:00 / Yangiliklar
Yurtimiz bo'ylab o'tkazilayotgan malaka test sinovlarida Uchquduq tumani MMTBga qarashli 18-umumiy o‘rta ta'lim maktabi o'qituvchilari faol qatnashib, yuqori natijalarga erishmoqda.

Maktabning kimyo fani o'qituvchisi QODIROVA DILNOZA AMINOVNA attestatsiya jarayonlarida ishtirok etib, 100 ball to'plab, Oliy toifani yangiladi. Bu natija orqali Dilnoza Qodirova respublikada tengsiz pedagog ekanligini yana bir bor isbotladi.
Yosh bo'lishiga qaramay, Dilnoza Qodirova ko'plab yutuqlarga erishib kelmoqda. Ustozning 3 nafar o'quvchisi mazkur yilda Asosiy fan olimpiadasining tuman bosqichida g'oliblikka erishib, viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Albatta, Dilnoza Qodirovaning mashaqqatli mehnati munosib taqdirlanmoqda. U VAZIR USTAMASI va 70 % lik USTAMAGA sazovor bo'lgan.

