NUROTADA HAM SELFI ZONA TASHKIL ETILADI
2025-11-06 16:20:00 / Yangiliklar
Nurota tumaniga kirib kelayotgan mahalliy va xorijiy turistlar uchun qulay, zamonaviy shart-sharoitlar yaratish maqsadida tumanning kirish qismida selfi zona tashkil etiladi. Buning natijasida tumanga keluvchilr uchun selfi zonada QR-kod orqali qo‘shimcha ma’lumot va xizmatlar taqdim etiladi. Turli xizmat ko‘rsatish shaxobchalari qurilib, ish o‘rni yaratiladi.

Shuningdek, zamonaviy stella, selfi zona, sanitariya gigiyena shahobchalari, ekologik chiqindi qutilari o‘rnatiladi.
Viloyat hokimi Normat Tursunov ushbu manzilga borib, jarayonlar bilan tanishdi. O‘z taklif va tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi.


