Xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish yuzasidan namunaviy savollar ro‘yxati
Xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish yuzasidan
NAMUNAVIY SAVOLLAR RO‘YXATI
I. Ilmiy-siyosiy yetuklik, xorijiy tilni bilish
va kasbiy ko‘nikmani aniqlash bo‘yicha savollar
(barcha xodimlar uchun)
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmuni va mohiyati.
2. O‘zbekiston Respublikasining “Transport to‘g‘risida”gi Qonuni mazmuni va mohiyati.
3. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida“gi Qonuni mazmuni va mohiyati.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni maqsadi va ahamiyati.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5647-son Farmoni maqsadi va ahamiyati.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 336-son qarori mazmuni va mohiyati.
7. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari.
8. Milliy iqtisodiyotda transportning ahamiyati.
9. O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati tashkil etilishi.
10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va ularning vakolatlari.
11. Ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi haqida aytib bering.
12. Mamlakatimizdagi siyosiy partiyalar va ularning faoliyati.
13. O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosati.
14. Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari.
15. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi.
16. So‘nggi 5 yilda mamlakatimizda transport va transport kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlar.
17. Xorijiy tilda muloqot qilish ko‘nikmasini aniqlash bo‘yicha umumiy mavzularda suhbat (ingliz tilidagi javobga ustunlik beriladi).
18. Siz faoliyat yuritayotgan bo‘linmaning asosiy vazifa va funksiyalari nimalardan iborat. Lavozim vazifangizga nimalar kiradi va ushbu vazifalarni qanday amalga oshirasiz?
II. Sohaviy bilimni aniqlash bo‘yicha savollar
(tegishliligi bo‘yicha)
a) Avtomobil va jamoat transporti yo‘nalishida
1. O‘zbekiston Respublikasining “Avtomobil transporti to‘g‘risida”gi Qonuni mazmuni va mohiyati.
2. O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni mazmuni va mohiyati.
3. O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni mazmuni va mohiyati.
4. O‘zbekiston Respublikasining “Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida”gi Qonuni mazmuni va mohiyati.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-59-son qarori mazmuni va mohiyati.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyuldagi “Avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishning ruxsatnoma tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 277-son qarori mazmuni va mohiyati.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-oktabrdagi “Hududlarda jamoat transporti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 630-son qarori mazmuni va mohiyati.
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 738-son qarori mazmuni va mohiyati.
9. Avtomobil transportida yo‘lovchi, bagaj va yuk tashish shartnomasi, shartnoma tomonlari, tomonlarning huquq va majburiyatlari.
10. Xalqaro tajribada jamoat transportini moliyalashtirish va qo‘llab-quvvatlashning qanday usullari mavjud, O‘zbekistonda jamoat transportini moliyalashtirish va qo‘llab-quvvatlash qaysi normativ hujjatlar asosida va qanday mexanizmlarga ko‘ra amalga oshiriladi?
11. Muntazam shahar avtobus yo‘nalishlarida cheklangan tariflar bo‘yicha yo‘lovchilar tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tizimi.
12. Avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi va nazorati tizimining asosiy funksiya va vazifalari.
13. Yo‘nalishning boshlang‘ich narxi tarkibi, uni shakllantirish va tasdiqlash tartibi.
14. Brutto-shartnoma bo‘yicha bajarilgan ish hajmini va sifat ko‘rsatkichlarini baholash, hajm va sifat mezonlari bo‘yicha hisoblash va to‘lash tartibi.
15. Shahar yo‘lovchi transportidan bepul va imtiyozli foydalanish tartibi hamda bepul va imtiyozli foydalanuvchi fuqarolar toifalari.
16. Muntazam yo‘nalishlarning turlari, ularni tashkil etish, o‘zgartirish, yopish qoidalari hamda yo‘nalishlarni tashuvchilarga biriktirish tartibi.
17. Yo‘lovchi avtovokzallari va yo‘lovchi avtostansiyalari to‘g‘risidagi nizomning mazmuni va mohiyati. Respublikadagi mavjud avtovokzallar va avtostansiyalar holati va ularni rivojlantirish masalasi.
18. Transport nazorati inspeksiyasining avtomobil transporti yo‘nalishidagi asosiy vazifa va funksiyalari nimadan iborat?
19. Avtomobil transportida litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini joriy etishning asosiy prinsiplari.
20. Avtomobil transporti faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va boshqarishni amalga oshirish tartibi.
21. Avtomobil transporti sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, ularning mazmuni va mohiyati.
22. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilikning avtomobil transporti sohasidagi vazifalari va prinsiplari nimalardan iborat?
23. Jamoat transporti va uning infratuzilmasini rivojlantirishda Bosh rejaning o‘rni, Bosh rejalarni ishlab chiqishning bosqichlari.
24. Avtomobil transporti sohasida raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan va kelajakda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar.
25. Avtotransport va yo‘lovchilar oqimini hisoblash, ularni rejalashtirish va boshqarishda zamonaviy uslublar va instrumentlar.
26. “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida“gi Qonunning mazmuni va mohiyati.
27. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini tayyorlash, rasmiylashtirish, qabul qilish, shuningdek, ularni huquqiy ekspertizadan, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi.
28. Tartibga solish ta’sirini baholash tizimining mazmuni va mohiyati.
b) Temir yo‘l transporti yo‘nalishida
1. O‘zbekiston Respublikasining “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi Qonuni mazmuni va mohiyati.
2. O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l ustavi mazmuni va mohiyati.
3. O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transportida yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish qoidalari mazmuni va mohiyati.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-oktabrdagi “Toshkent metropoliteni faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5260-son qarori mazmuni va mohiyati.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-329-son qarori mazmuni va mohiyati.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi 80-son qarori mazmuni va mohiyati.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transportida yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 109-son qarori mazmuni va mohiyati.
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-sentabrdagi “Foydalanishga topshiriladigan harakatdagi temir yo‘l tarkibi xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglamentni tasdiqlash haqida”gi 537-son qarori mazmuni va mohiyati.
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-oktabrdagi “Metropolitenda yo‘lovchilar hamda boshqa shaxslarning bo‘lishi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 535-son qarori mazmuni va mohiyati.
10. Temir yo‘l transportida litsenziyalash, ruxsat berish tartib-taomillarini joriy etishning asosiy prinsiplari.
11. Temir yo‘l transportida harakat xavfsizligini tartibga soluvchi hujjatlar va ularning mazmuni.
12. Favqulodda holatlarda temir yo‘l transportining faoliyati.
13. Transport nazorati inspeksiyasining temir yo‘l transporti va metropoliten yo‘nalishidagi asosiy vazifa va funksiyalari nimadan iborat?
14. Temir yo‘l transporti va metropoliten faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va boshqarishni amalga oshirish tartibi.
15. Temir yo‘l transporti va metropoliten sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, ularning mazmuni va mohiyati.
16. “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunning mazmuni va mohiyati.
17. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini tayyorlash, rasmiylashtirish, qabul qilish, shuningdek, ularni huquqiy ekspertizadan, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi.
18. Tartibga solish ta’sirini baholash tizimining mazmuni va mohiyati.
d) Havo transporti yo‘nalishida
1. Xalqaro fuqaro aviatsiyasi to‘g‘risidagi konvensiyaning mazmuni va mohiyati.
2. Havo kodeksining mazmuni va mohiyati.
3. Xalqaro aviatsiya tashkilotlari va ularning vazifalari.
4. Havo transportida yuk tashish tartibi.
5. Havo transportida yo‘lovchi, bagaj va pochta tashish tartibi.
6. Fuqaro aviatsiyasi agentligining asosiy vazifalari va funksiyalari nimadan iborat?
7. Fuqaro aviatsiyasi sohasidagi faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish va boshqarishni amalga oshirish tartibi.
8. Fuqaro aviatsiyasi sohasidagi faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar, ularning mazmuni va mohiyati.
9. Aviakompaniyani sertifikatlash jarayoni.
10. Transport vazirligining havo transportini tartibga solish sohasidagi vakolatlari.
11. ICAO standartlari.
12. O‘zbekiston havo transportida qo‘llanilishi majburiy bo‘lgan xalqaro konvensiya va bitimlar, ularning mazmuni va mohiyati.
13. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilikning havo transporti sohasidagi vazifalari va prinsiplari nimalardan iborat?
14. “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunning mazmuni va mohiyati.
15. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini tayyorlash, rasmiylashtirish, qabul qilish, shuningdek, ularni huquqiy ekspertizadan, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi.
16. Tartibga solish ta’sirini baholash tizimining mazmuni va mohiyati.
e) Xalqaro hamkorlik, logistika va reytinglar yo‘nalishida
1. Mamlakatimizda transport logistikasi tizimining rivojlanishi va undagi muammolar.
2. O‘zbekiston Respublikasining tranzit salohiyati.
3. Mamlakatimizdagi transport koridorlari va qo‘shni mamlakatlar transport koridorlari orasidagi raqobat muhiti.
4. Tranzit yo‘lovchilarni, bagajni, yuklarni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini tashish ustidan davlat nazorati.
5. Transport-logistika markazlarining vazifa va funksiyalari.
6. Logistika strategiyasini ishlab chiqish metodologiyasi.
7. Xavfli yuklarni tashishdagi xalqaro talablar.
8. Logistika tizimida “Push” va “Pull” strategiyalarining tahlili.
9. O‘zbekiston Respublikasi a’zo bo‘lgan xalqaro tashkilotlar va ularning faoliyati.
10. Muzokaraga tayyorlanish jarayonida qanday masalalar oldindan yechilgan bo‘lishi lozim?
11. Xalqaro iqtisodiy aloqalarda transport sohasining ahamiyati.
12. Xalqaro munosabatlar qaysi tamoyillarga asoslangan?
13. Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazining logistika va reytinglar yo‘nalishidagi asosiy vazifalari va funksiyalari nimadan iborat?
14. Xalqaro transport logistikasi tizimini davlat tomonidan tartibga solish va boshqarishni amalga oshirish tartibi.
15. Xalqaro hamkorlik, logistika va reytinglar sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, ularning mazmuni va mohiyati.
f) Aviatsiya hodisalari va insidentlarini tekshirish yo‘nalishida
1. O‘zbekiston Respublikasida fuqaro aviatsiyasi havo kemalari bilan sodir bo‘lgan aviatsiya hodisalarini tekshirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar, ularning mazmuni va mohiyati.
2. Aviatsiya halokati va insidentlarini tekshirish maqsadi va amalga oshirish tartibi.
3. Aviatsiya hodisalarining tasniflanishi.
4. O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy havo kemalari bilan sodir bo‘lgan aviatsiya hodisalarini tekshirish tartibi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-noyabrdagi “Fuqaro havo kemalari bilan sodir bo‘lgan aviatsiya hodisalarini O‘zbekiston Respublikasida tekshirish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 660-son qarori mazmuni va mohiyati.
6. Aviatsiya halokatini o‘rganish bo‘yicha tekshiruv komissiyalari faoliyatini tashkil etish va o‘rganishlarni olib borish tartibi.
7. Aviatsiya halokatining tasniflanishi.
8. Fuqaro aviatsiyasi agentligining asosiy vazifa va funksiyalari nimadan iborat?
9. Aviatsiya hodisalarini tekshirishda obyektiv nazorat vositalaridan foydalanish.
10. Aviatsiya hodisasi to‘g‘risidagi dastlabki xabarnomaning olinishi.
11. Aviatsiya hodisalarini tekshirish bo‘yicha doimiy komissiyaning ishlash tartibi va majburiyatlari.
12. Aviatsiya halokatlari tekshiruvi natijalari bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish tartibi.
g) Investitsiya yo‘nalishida
1. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunning mazmuni va mohiyati.
2. O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunning mazmuni va mohiyati.
3. Transport sohasida amalga oshirilayotgan investitsion loyihalar.
4. Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokida investitsiya loyihalarini amalga oshirish tartibi.
5. Qiymati o‘n million AQSh dollarigacha bo‘lgan DXSh loyihalarning konsepsiyasini tasdiqlash tartibi.
6. Transport sohasida amalga oshirilayotgan loyihalarga kiritilgan investitsiyalar turlari.
7. DXSh loyihalarni amalga oshirishdan asosiy maqsad.
8. DXSh loyihalarini davlat sherigi tomonidan tashabbus qilish, ishlab chiqish, ko‘rib chiqish, xususiy sherikni tanlash va loyihani amalga oshirish tartibi.
9. DXSh loyihalarini xususiy sherik tomonidan tashabbus qilish, ishlab chiqish, ko‘rib chiqish, xususiy sherikni tanlash va loyihani amalga oshirish tartibi.
10. Yangi tartibga ko‘ra investitsiya loyihalarining loyiha-baholash hujjatlarini tasdiqlash vakolati.
11. DXSh loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat organi.
h) Strategik rejalashtirish, metodologiya va axborot-tahlil yo‘nalishida
1. “O‘zbekiston — 2030” strategiyasining mazmuni va mohiyati.
2. “O‘zbekiston — 2030” strategiyasida transport sohasiga oid maqsadlar va ularning samaradorlik ko‘rsatkichlari.
3. O‘zbekiston Respublikasining transport-logistika tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi mazmuni va mohiyati.
4. Transport sohasida so‘nggi 3 yilda qabul qilingan sohani strategik rivojlantirishga oid hujjatlar.
5. Transport sohasining asosiy ko‘rsatkichlari va ularni prognozlashtirish.
6. Yo‘lovchilar oqimi ma’lumotlarini yig‘ishning samarali usullari.
7. Strategik rejalashtirish va uning asosiy bosqichlari.
8. Strategik rejalashtirishda SWOT va PESTEL tahlili.
9. Strategiya ishlab chiqishda foydalaniladigan tahlil turlari.
10. Vazirlikning yillik ish rejasini tuzish bosqichlari va uning ijrosi.
11. Transport tizimi samaradorligini baholashning KPI ko‘rsatkichlari.
12. Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi qonunchilik mazmuni va mohiyati.
13. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini tayyorlash, rasmiylashtirish, qabul qilish, shuningdek, ularni huquqiy ekspertizadan, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi.
14. Tartibga solish ta’sirini baholash tizimining mazmuni va mohiyati.
i) Vazir kotibiyati bo‘linmalari bo‘yicha
i1) Ijro intizomi va nazorat yo‘nalishida
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-son Farmoni maqsadi va ahamiyati.
2. Ijro intizomini ta’minlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar, ularning mazmuni va mohiyati.
3. Xodimlar tomonidan topshiriqlar bajarilishini nazorat qilish tartibi.
4. Ijro intizomi samaradorligini baholashning muhim ko‘rsatkichlari.
5. Ijro holatini tahlil qilishning dasturiy manbalari.
6. Ijro intizomini kuchaytirishning uslublari.
7. Hujjatlar bilan ishlash talablari va ish yuritish tartibi.
8. Qonunchilik hujjatlarida Transport vazirligiga yuklatilgan vazifalar va ularning ijrosini tashkil qilishning usul va vositalari.
i2) Ish yuritish (devonxona) yo‘nalishida
1. Hujjatlar bilan ishlash talablari va ish yuritish tartibi.
2. Ish yuritishni tashkil etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasidan kelib tushgan hujjatlarni ro‘yxatga olish tartibi.
4. Jo‘natiladigan va ichki hujjatlarni tuzish va rasmiylashtirish.
5. Arxiv ishini tashkil etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan qaror.
6. Hujjatlar yig‘majildlari nomenklaturasini tuzish va hujjatlar yig‘majildlarini shakllantirish.
i3) Murojaatlar bilan ishlash yo‘nalishida
1. O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaati to‘g‘risida”gi Qonuni mazmuni va mohiyati.
2. Murojaatlarni berish va ularni ko‘rib chiqish tartibi.
3. Murojaatlarni ko‘rib chiqishda jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, davlat organlari, tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari huquqlari va majburiyatlari.
4. Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha ish yuritish tartibi?
5. Murojaatlarni nazorat qilish mexanizmlari.
6. Murojaatlar tahlili asosida tayyorlanadigan hisobotlar.
7. Murojaatlar bilan ishlash tizimi samaradorligini baholashning muhim ko‘rsatkichlari.
8. Murojaatlar bilan ishlashda qonunchilik talablarining buzilishi bo‘yicha javobgarlik masalalari.
9. Murojaatchilar bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirish uslublari.
i4) Protokol yo‘nalishida
1. Protokol tushunchasi va uning diplomatiyadagi o‘rni.
2. Xalqaro protokolning huquqiy asoslarini belgilovchi xalqaro hujjatlar mazmuni va mohiyati.
3. Davlat tashriflari va rasmiy tadbirlarni olib borish tartibi.
4. “Persona non grata” qanday hollarda diplomatga nisbatan ishlatiladi?
5. Rasmiy uchrashuvlarda kiyinish protokoli va “dress code” qoidalari qanday belgilanadi?
6. Rasmiy ziyofatlarda joylashuv (seating) tartibi?
7. Protokol xatolarining oqibatlari.
8. Xalqaro uchrashuvlarda rasmiylashtiriladigan hujjatlar va ularga qo‘yiladigan talablar.
9. Xalqaro uchrashuvlar va muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlari.
10. Xalqaro uchrashuvda imzolangan hujjatlarning huquqiy ahamiyati.
11. Tashqi va ichki protokol o‘rtasidagi farqli jihatlar.
j) Moliya-iqtisod va tarif yo‘nalishida
1. Byudjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari mazmuni va mohiyati.
2. Moliyaviy barqarorlikni aniqlash uchun qaysi ko‘rsatkichlar tahlil qilinadi?
3. Yillik moliyaviy hisobotlar bo‘yicha tushuncha bering.
4. Sarf-xarajatlar qaysi tamoyillarga asosan rejalashtiriladi?
5. Mahsulotni (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida nizomning mazmuni va mohiyati.
6. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risida nizom mazmuni va mohiyati.
7. Avtomagistrallar, metro, temir yo‘l tarmoqlarini qurishda davlatning moliyaviy mexanizmlari.
8. Transport infratuzilmasining davlat iqtisodiyotiga ta’sirini baholash.
9. Transport xizmatlarini raqamlashtirishdan ko‘riladigan iqtisodiy foyda.
10. Transport sohasida olib borilayotgan moliyaviy islohotlar haqida aytib bering.
11. O‘zbekiston tranzit salohiyatini oshirish uchun talab etiladigan moliyaviy strategiyalar?
12. Yuk, yo‘lovchi va bagaj tashishda tariflarning shakllanishi.
13. Transport sohasida tarif siyosati.
14. Transportda tashish xarajatlarini davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qisman kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etish tartibi.
15. Transport korxonalari tarif siyosatida segmentlash, targetlash va pozitsiyalash roli.
16. Transport xizmatlari turini diversifikatsiya qilish orqali daromadni qanday ko‘paytirishi mumkin?
17. Yalpi ichki mahsulot qiymatini aniqlashda qanday usul qo‘llaniladi? YIMda transport xizmatlari ulushi.
18. Mamlakatimizdagi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va ularning transport bozoriga ta’siri.
19. Vazirlik tizimidagi tashkilotlar xarajatlarni optimallashtirish va nazorat qilish tartibi.
20. Transport korxonalarida biznes-reja.
21. Transport infratuzilmalarini moliyalashtirish manbalari.
22. Transport sohasidagi tashkilotlarni moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha qonunchilik hujjatlari, ularning mazmuni va mohiyati.
23. Transport sohasida vujudga keladigan huquqbuzarliklardan undiriladigan jarimalar.
j1) Buxgalteriya yo‘nalishida:
1. O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni mazmuni va mohiyati.
2. Korxonada mavjud xarajatlar va daromadlar turlariga izoh bering.
3. O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BXMS) mazmuni va mohiyati.
4. Xorijiy va mahalliy xizmat safarlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari mazmuni va mohiyati.
5. Soliq hisoboti va hisoblash usullari.
6. Xarajatlar hisobini tashkil etish tartibi.
7. Inventarizatsiya va aktivlar hisoboti.
8. Buxgalteriyada avtomatlashtirish va axborot tizimlari.
9. Xodimlar ish haqi, mukofot pullari, xizmat safari xarajatlari, ta’til pullari va boshqa to‘lovlarni amalga oshirish va hisoblash tartibi.
j2) Ichki audit yo‘nalishida
1. Byudjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari mazmuni va mohiyati.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-128-son qarori mazmuni va mohiyati.
3. Ichki auditning milliy standartlari va ichki audit tadbirlarini o‘tkazish qo‘llanmasi mazmuni va mohiyati.
4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi hamda vazirliklar va idoralarning ichki audit xizmatlari xodimlari malakasini sertifikatlash tartibi to‘g‘risidagi nizom mazmuni va mohiyati.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-fevraldagi “Vazirlik va idoralarning ichki audit xizmati to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi 416-son qarori mazmuni va mohiyati.
6. Byudjet mablag‘laridan maqsadsiz va samarasiz foydalanish xavflarini aniqlash, minimallashtirish, ularni sodir etishga imkoniyat yaratuvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish tartibi.
7. Moliyalashtirish jarayoniga axborot texnologiyalarini tatbiq etish choralari.
8. Xavflarni aniqlash va ularning oldini olish tartibi.
9. Ichki audit tadbirlarini o‘tkazish qo‘llanmasi mazmuni va mohiyati.
10. Ichki audit tadbirini o‘tkazish tartibi.
k) Davlat xaridlari va xo‘jalik faoliyati yo‘nalishida:
1. O‘zbekiston Respublikasida davlat xaridlarini amalga oshirish tartibini belgilovchi qonunchilik hujjatlari, ularning mazmuni va mohiyati.
2. Davlat xaridlarida ishtirok etuvchi tashkilotlar va ularning vakolatlari nimalardan iborat?
3. Davlat xaridlarida shaffoflikni ta’minlash mexanizmlari.
4. To‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzish tartibi.
5. Davlat xaridlarida korrupsiya xavfini kamaytirish mexanizmlari.
6. Davlat xaridlarini amalga oshirishning dasturiy majmualari.
7. Davlat xaridlari yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish.
8. Binoni soz holatda saqlash. Joriy va kapital ta’mirlash.
9. Xodimlar tomonidan mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilishini ta’minlash chora-tadbirlari.
10. Ish joylarida sanitariya holatini ta’minlash va nazorat qilish tartibi.
11. Vazirlik balansidagi avtotransport vositalarining texnik holati, xavfsizligi va ulardan foydalanish tartibi.
12. Vazirlik balansidagi avtotransport vositalariga yonilg‘i sarf-xarajatlari me’yori va rasmiylashtirish tartibi.
13. Hudud atrofini obodonlashtirish, yordamchi xo‘jalik binolaridan belgilangan me’yoriy hujjatlar asosida foydalanish va ularni saqlash, ish faoliyati davomidagi zaruriy ehtiyot qismlar hamda xo‘jalik mollarini sarflash tartibi.
l) Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish yo‘nalishida
1. Mehnat sohasidagi qonunchilik hujjatlari.
2. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi mazmuni va mohiyati.
3. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun va mohiyati.
4. Mehnat shartnomasi va shartnomaning mazmuni.
5. Xodimni ishdan chetlashtirish tartibi.
6. Mehnat shartnomasini bekor qilish va uning asoslari.
7. Jamoa shartnomasining mazmuni va tuzilishi.
8. Transport vazirligining kadrlar siyosati.
9. Respublikamiz transport tashkilotlaridagi mehnat faoliyatining o‘ziga xosligi va sohadagi kadrlar masalasi.
10. O‘zbekiston Respublikasiga malakali chet ellik mutaxassislarni jalb qilish tartibi.
11. Transport vazirligi tizimidagi vakant lavozimlarga ishga qabul qilish va xodimlarni boshqa lavozimga o‘tkazish jarayonida shaffoflikni ta’minlash mexanizmi.
12. “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan foydalanish tartibi.
13. Xorijiy va mahalliy xizmat safarlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari mazmuni va mohiyati.
14. Transport sohasidagi davlat boshqaruvi organlari rahbar xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish tartibi.
15. Transport vazirligi rahbarlik lavozimlariga kadrlar zaxirasini shakllantirish mexanizmi. Kadrlar zaxirasi.
16. Inson resurslarini boshqarishga oid ma’lumotlar va Hujjatlarni “hrm.argos.uz” elektron platformasida shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom mazmuni va mohiyati.
l1) Ta’lim muassasalari bilan ishlash yo‘nalishida
1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni mazmuni va mohiyati.
2. Transport va yo‘l xo‘jaligi korxonalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish chora-tadbirlari.
3. Transport sohasida kadrlar tayyorlashning strategik ahamiyati.
4. O‘zbekistonda transport sohasida kadrlar tayyorlovchi asosiy oliy va professional ta’lim muassasalari va ularning faoliyati.
5. Ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish tartibi.
6. Talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish tartibi.
7. Transport sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha xalqaro hamkorlik loyihalari.
8. Ta’lim to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari.
9. Ta’lim olish shakllari va ularning mazmuni.
10. Transport vazirligining ta’lim sohasidagi vakolatlari.
11. Toshkent davlat transport universitetining asosiy vazifa va funksiyalari.
12. Ta’lim sohasidagi eksperimental va innovatsion faoliyat.
13. Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari.
14. Ta’lim tashkilotlarining reytingi. Toshkent davlat transport universitetining xalqaro reyting tashkilotlarida mavqeini ko‘tarish chora-tadbirlari.
15. Ta’lim sohasidagi davlat nazorati.
16. Toshkent davlat transport universiteti bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash chora-tadbirlari.
m) Yo‘l xo‘jaligi yo‘nalishida
1. O‘zbekiston Respublikasining “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonuni mazmuni va mohiyati.
2. Avtomobil yo‘llarini loyihalash bo‘yicha me’yoriy hujjatlar, ularning mazmuni va mohiyati.
3. Yo‘l xo‘jaligi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, ularning mazmuni va mohiyati.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi “Yo‘l xo‘jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-330-son qarori mazmuni va mohiyati.
5. Avtomobil yo‘llarida og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar va ko‘chma shoxobchalarni tadbirkorlik subyektlari tomonidan tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom mazmuni va mohiyati.
6. Yo‘l xo‘jaligi sohasida loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, yo‘l qurilishi ishlarini amalga oshirish, shuningdek, ularni qabul qilib olishda hajm va sifat ko‘rsatkichlarini hisobga olish (hajm uslubi) tartibi to‘g‘risidagi nizom mazmuni va mohiyati.
7. Yo‘l xo‘jaligida ruxsat berish tartib-taomillarini joriy etishning asosiy prinsiplari.
8. Yo‘l xo‘jaligi sohasini davlat tomonidan tartibga solish va boshqarishni amalga oshirish tartibi.
9. Yo‘l qurilishi va ta’mirlashni moliyalashtirish manbalari.
10. Avtomagistrallar va tezyurar yo‘llarning asosiy talablari.
11. Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining asosiy vazifa va funksiyalari nimadan iborat?
12. Transport nazorati inspeksiyasining yo‘l xo‘jaligi yo‘nalishidagi asosiy vazifa va funksiyalari nimadan iborat?
13. Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi qonunchilik mazmuni va mohiyati.
14. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini tayyorlash, rasmiylashtirish, qabul qilish, shuningdek, ularni huquqiy ekspertizadan, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi.
15. Tartibga solish ta’sirini baholash tizimining mazmuni va mohiyati.
n) Safarbarlikka tayyorgarlik yo‘nalishida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi tuzilmalari va ular tuziladigan tashkilotlarni belgilash tartibi to‘g‘risidagi nizomni hamda tuzilmalarni moddiy-texnik vositalar bilan ta’minlash (tabellashtirish) me’yorini tasdiqlash haqida”gi 369-son qarori mazmuni va mohiyati.
2. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy ro‘yxatga olish to‘g‘risida nizom mazmuni va mohiyati.
3. O‘zbekiston Respublikasining safarbarlikka tayyorgarligi olib boriladigan qonunchilik hujjatlari mazmuni va mohiyati.
4. Safarbarlik davrida davlat organlari tomonidan bajariladigan asosiy vazifalar.
5. Safarbarlik maqsadida moliyaviy mablag‘lar qanday ajratiladi va rejalashtiriladi?
6. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi to‘g‘risidagi nizom mazmuni va mohiyati.
7. Favqulodda holatlar va evakuatsiya rejasi.
o) Axborot xizmati bo‘yicha
1. O‘zbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonuni mazmuni va mohiyati.
2. “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida“gi Qonunning mazmuni va mohiyati.
3. O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni mazmuni va mohiyati.
4. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlarining asosiy vazifalari.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-fevraldagi “Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5643-son qarori mazmuni va mohiyati.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 27-iyundagi PQ–4366-son qaroriga ko‘ra davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlarining asosiy vazifalari.
7. Axborot ochiqligini ta’minlashning huquqiy talablari.
8. Tashkilotning axborot siyosatini shakllantirish tartibi.
9. Axborot tarqatishda shaffoflik va aniqlikni ta’minlashning asosiy prinsiplari.
10. Ijtimoiy tarmoqlardagi tanqidiy fikrlarga munosabat bildirishning usul va vositalari.
11. Tashkilot manfaatlarini himoya qilishning kommunikativ usullari.
12. Axborot ta’sirini baholashning asosiy ko‘rsatkichlari.
13. Axborot tarqatishda davlat tili va uslubiy talablar.
14. Xalqaro axborot agentliklari va OAVlar bilan ishlash tartibi.
15. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlashda axborot xizmati qanday vazifani bajaradi?
16. Raddiya bilan munosabat tushunchasining farqli jihatlari va ularni qo‘llash tartibi.
Izoh: Yuqoridagi savollar namunaviy shaklda bo‘lib, attestatsiyada xodimning ish faoliyatidan kelib chiqqan holda og‘zaki savol-javobda foydalanish uchun tuzilgan.
