Murojaatlarni ko'rib chiqish tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligiga jismoniy va yuridik shaxslar O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 11-sentabrdagi 445-sonli Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi “Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi 341-sonli qarori bilan tasdiqlangan namunaviy nizom talablari asosida ariza, shikoyat va taklif bilan yozma, elektron hamda og‘zaki shaklda murojaat qilishi mumkin bo‘ladi. Barcha murojaatlar tegishliligi bo‘yicha amaldagi qonunchilik talablari asosida 15 kundan 2 oygacha bo‘lgan muddatlarda belgilangan tartib asosida ko‘rib chiqilishi ta’minlanadi (murojaatning mazmun-mohiyatidan kelib chiqib).
Shuningdek, bugungi kunda vazirlikning 1167-qisqa raqamli “ishonch telefoni” faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ushbu “ishonch telefoni” orqali haftaning dushanba-juma kunlari soat 9.00 dan 18.00 gacha (tushlik vaqtidan tashqari) bo‘lgan vaqtlarda fuqarolar vazirlikka og‘zaki ravishda murojaat qilishlari mumkin. Mazkur murojaatlar ham amaldagi tartib-qoidalar asosida ko‘rib chiqiladi.
