DXSh asosida amalga oshiriladigan loyihalar yuzasidan jamoatchilik muhokamasi e’loni
| Tugallangan |
| Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida "e-logistika" loyihasi yuzasidan jamoatchilik muhokamasi | (Yuklab olish) |
“E-LOGISTIKA” MILLIY RAQAMLI PLATFORMA TIZIMINI TATBIQ QILISH.
TADBIRKORLAR VA SARMOYADORLAR DIQQATIGA
“TRANSPORT INFRATUZILMASINI RAQAMLILASHTIRISH” MCHJ (xususiy tashabbuskor) tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan, loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan.
Mazkur loyihada respublika bo‘ylab yuk tashishga doir barcha hujjatlarni elektron shaklga o‘tkazish, bojxona va transport nazorati organlari bilan ma’lumotlar uzatishni avtomatlashtirish, shuningdek, yuk tashishning boshlang‘ich punktidan tortib, yetkazib berilgunga qadar bo‘lgan jarayonlarni yagona raqamli platforma orqali kuzatish tizimi joriy etish rejalashtirilgan.
Loyiha yuzasidan xususiy sherikni tanlash O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-oktabrdagi “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 720-son qarori talablariga binoan amalga oshiriladi.
Ilova qilinayotgan hujjatlar:
1. Qiziqish bildirish uchun so'rov shakli
3. Loyiha to'g'risida ma'lumot
Tenderda qatnashish uchun tadbirkorlar tomonidan qiziqish bildirish uchun so'rov va tender takliflari 2026-yil 8-avgust kuni soat 23:59 gacha (Toshkent vaqti bilan) quyidagi manzillarga yuborishlari kerak:
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi:
📧 info@mintrans.uz, bakhtinur.sindorov@mintrans.uz, m.mirmaxsudov@mintrans.uz
☎️ +99871 202-05-01 (067, 062)
📍 111913, Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani, “Istiqbol” MFY, Yangi Toshkent shahrini barpo etish hududi, Transport vazirligi ma’muriy binosi
O'zbekiston Respublikasi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
📧 dxshtender@imv.uz Abdul-aziz.Zokirjonov@imv.uz
☎️ +998 (71) 203-50-50 (01923)
📍 100017 Toshkent shahri,
Istiqlol ko'chasi 29-uy
