Sayt ma'lumotlaridan foydalanish shartlari
https://gov.uz/oz/mintrans (keyingi o‘rinlarda “sayt” deb ataladi) rasmiy saytida joylashtirilgan barcha maʼlumotlar Xalqaro mualliflik huquqi to‘g‘risidagi Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi hamda “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi qonunlari bilan himoyalanadi. Sayt materiallaridan (jadval, matn, foto, video va boshqa formatdagi materiallardan) Internet veb-saytlarida tijorat maqsadlariga aloqasi bo‘lmagan holda qisman yoki to‘liq foydalanish faqat quyidagi shartlar bajarilganda mumkin:
Matnda rasmiy manba (Sayt) haqidagi maʼlumot saqlanib qolishi shart, yaʼni materiallardan foydalanilganda ularning mazmuni va maʼnosini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi;
Qayta eʼlon qilinayotgan material sarlavhasida yoki oxirida manba — Saytdagi materialning bevosita elektron manziliga faol gipermurojaat (vizual tarzda ajratilgan, rang bilan yoki tagidan chizilgan hamda qidiruv tizimlarida indekslashdan yopilmagan) shaklida ko‘rsatilishi shart;
Agar Sayt materiali boshqa manbalardan olingan shaklda qayta eʼlon qilinayotgan bo‘lsa, faol gipermurojaat faqat asl manbaga, yaʼni https://gov.uz/oz/mintrans ga berilishi lozim.
Internet tarmog‘idan tashqarida sayt materiallaridan (matn, foto, video va boshqa media materiallar) foydalanish:
Sayt materiallarini elektron yoki bosma ko‘rinishda, kitob, gazeta, jurnal nashrlarida yoki Internetdan tashqarida boshqa tirajlash shakllarida qayta eʼlon qilish faqat Sayt maʼmuriyatining yozma roziligi asosida hamda belgilangan tartibda maxsus kelishuv asosida amalga oshiriladi.
