Çet davlatlar avtotransport vositalari uçun yiğimlar
2026-yil uçun çet davlatlar avtotransport vositalarining Özbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uçun yiğimlarning stavkalar
|
T/r |
Yiğim turi |
Bitta avtotransport vositasi (avtopoyezd) uchun yiğim stavkasi (AQŞ dollarida) |
|
1. |
Çet davlatlar yuk avtotransport vositalarining Özbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uçun yiğim (bundan 2 — 7-bandlarda körsatilgan davlatlar mustasno) |
400 |
|
2. |
Tojikiston Respublikasi yuk avtotransport vositalarining Özbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uçun yiğim, yuk kötariş quvvatlari: |
|
|
10 tonnagaça |
100 |
|
|
10 tonnadan 20 tonnagaça |
150 |
|
|
20 tonnadan yuqori |
200 |
|
|
3. |
Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar va Ozarbayjon Respublikasi yuk avtotransport vositalarining Özbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uçun yiğim |
|
|
14 kun muddatgaça |
80 |
|
|
14 kundan ortiq muddatga |
280 |
|
|
4. |
Qozoğiston Respublikasi yuk avtotransport vositalarining Özbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uçun yiğim |
300 |
|
5. |
Qirğiziston Respublikasi yuk avtotransport vositalarining Özbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uçun yiğim |
300 |
|
6. |
Turkmaniston Respublikasi yuk avtotransport vositalarining Özbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uçun yiğim, yuk kötariş quvvatlari: |
|
|
10 tonnagaça |
130 |
|
|
10 tonnadan 20 tonnagaça |
180 |
|
|
20 tonnadan yuqori |
250 |
|
|
7. |
Afğoniston Respublikasi yuk avtotransport vositalarining Özbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uçun yiğim |
50 |
Izohlar:
1. Özbekiston Respublikasi hududi böylab çet davlatlarning oğir vaznli va yirik gabaritli yuk avtotransport vositalari ötganligi uçun uşbu ilovada nazarda tutilgan stavkalar böyiça yiğim tölanişi bilan bir qatorda qöşimça ravişda qonunçilikda belgilangan miqdorlarda tölov undiriladi.
2. Özbekiston Respublikasiga uçinçi mamlakatlardan yuklar olib kirişda va Özbekiston Respublikasi hududidan yuklarni olib çiqişda Turkmaniston Respublikasi yuk avtotransport vositalaridan qöşimça ravişda 375 AQŞ dollari miqdorida yiğim undiriladi.
3. Mazkur ilovaning 3-bandi böyiça yiğimning umumiy miqdori Özbekiston Respublikasi hududidan çiqişda avtotransport vositasining haqiqiy bölgan muddatiga muvofiq qayta hisob-kitob qilinadi.
4. Gumanitar yuklarni olib ötişda avtotransport vositalarining olib kirilişi va tranzitida undiriladigan yiğimlar stavkasiga nisbatan 0,5 kamaytiruvçi koeffitsiyent qöllaniladi.
5. Özbekiston Respublikasi hududiga kirişda çet davlatlarning taşuvçilariga yuklarni avtomobilda xalqaro taşişga doir ruxsatnomalarning milliy taşuvçilar ehtiyojidan ortiqçasining har bir donasini realizatsiya qiliş uçun 400 AQŞ dollari miqdoridagi yiğim belgilanadi. Bunda tranzit ruxsatnomasi uçun uşbu yiğim stavkasiga nisbatan 0,5 kamaytiruvçi koeffitsiyent, uçinçi mamlakatlarga(dan) yuk taşiş ruxsatnomasi uçun 2,0 köpaytiruvçi koeffitsiyent qöllaniladi.
6. Eron Islom Respublikasi avtotransport vositalaridan Özbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uçun yiğimlar stavkasi tenglik asosida “0” (nol) etib belgilanadi.
7. Agar Özbekiston Respublikasining xalqaro şartnomasida boşqaça qoidalar belgilangan bölsa, xalqaro şartnoma qoidalari qöllaniladi.
