Transport universiteti Xitoyning Shandun mehnat kasb-hunar texnika kolleji bilan hamkorlik memorandumini imzoladi
2025-09-18 12:00:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida hamkorlikni yanada mustahkamlash, xususan, qo‘shma laboratoriya tashkil etish bilan bog‘liq jihatlar muhokama etildi.
Muloqot davomida tomonlar hamkorlikning amaliy jihatlari, jumladan, Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘li ilmiy-tadqiqot institutida qo‘shma loyihalarda ishtirok etish imkoniyatlari, kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash hamda qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda zamonaviy qo‘shma laboratoriya tashkil etish, uning ustuvor yo‘nalishlari va resurslardan birgalikda foydalanish mexanizmlari yuzasidan kelishuvga erishildi.
Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan tegishli memorandum imzolandi.


