"Toshkent – Andijon" yangi tezyurar avtomagistrali
2025-02-04 17:25:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi transport infratuzilmasini rivojlantirish doirasida Jahon banki ko‘magida yangi "Toshkent – Andijon" tezyurar avtomagistralini qurish loyihasi ishlab chiqildi.
!["Toshkent – Andijon" yangi tezyurar avtomagistrali](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2F889be959-99e6-9d99-e91e-21456b7e4a4b_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
Loyihaning asosiy parametrlari:
- Uzunligi: 314 km
- Yo‘l vaqtini qisqartirish: 5 soatdan 3 soatgacha
- YaIMning kutilayotgan o‘sishi: +2,6%
- YTH darajasini pasayishi: -40%
"Toshkent – Angren – Qamchiq dovoni" uchastkasini amalga oshirish yuzasidan xususiy sherikni aniqlash bo‘yicha joriy yilning 22-yanvar kuni e’lon qilingan tenderga ko‘plab yetakchi xorijiy kompaniyalar qiziqish bildirmoqda.
Uchastkaning loyihaviy tavsifi:
- 1A toifasidagi 6 ta harakat polosali uchastka - 138 km
- 1A toifasidagi 4 ta harakat polosali uchastka - 33 km (tonnel qismi)
- Tunnellar soni: 10 ta, shu jumladan eng uzuni - 6,7 km
Loyihaning amalga oshirilishi qulay harakatlanish sharoitlarini ta’minlaydi, yo‘l harakati xavfsizligini oshiradi va hududlararo logistika jarayonlarini sezilarli darajada tezlashtiradi.