Nuroniylar uchun temir yo‘l chiptalariga 20 foiz chegirma
2026-10-08 17:20:00 / Yangiliklar
“Keksalar haftaligi” hamda “Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida nuroniylarning mamlakatimiz bo‘ylab sayohatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida temir yo‘l chiptalarining tarif qismidan 20 foiz chegirma taqdim etiladi.

Mazkur imtiyozdan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan 55 yoshdan yuqori ayollar va 60 yoshdan yuqori erkaklar — nuroniy nafaqaxo‘rlar foydalanishlari mumkin.
Chegirma har yili quyidagi davrlarda amal qiladi:
🔹 2–8-oktabr — “Keksalar haftaligi”;
🔹 1–30-noyabr — “Keksalar uchun turizm oyligi”.
Imtiyoz barcha mahalliy yo‘nalishdagi poyezdlarga tatbiq etiladi. Tezyurar “Afrosiyob” elektropoyezdi bundan mustasno.
Chegirmali chiptalarni onlayn tarzda hamda temir yo‘l chiptaxonalari orqali rasmiylashtirish mumkin.
