Toshkentda CANSO Eurasia ANSP’s Summit boshlandi
2026-09-09 12:00:00 / Yangiliklar

8-sentabr kuni SOCEAning 3-yillik umumiy yig‘ilishi (SOCEA AGM/3) bo‘lib o‘tdi.
Bugun, 9-sentabr kuni Toshkent shahridagi Hyatt Regency mehmonxonasida CANSO Eurasia ANSP’s Summit o‘z ishini boshladi.
Sammit kun tartibidan havodagi harakatni boshqarish (ATM), aloqa, navigatsiya va kuzatuv (CNS) tizimlarini rivojlantirish, sun’iy intellektdan foydalanish, Green ATM, havodagi harakat oqimlarini boshqarish hamda havo makonidan samarali foydalanish masalalari o‘rin olgan.
O‘zbekistonda ilk bor fuqaro aviatsiyasi va aeronavigatsiya sohasida o‘tkazilayotgan mazkur nufuzli tadbirda Turkiya, Ozarbayjon, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Vengriya aeronavigatsiya provayderlari rahbarlari, shuningdek, ICAO, CANSO va EUROCONTROL kabi yetakchi xalqaro aviatsiya tashkilotlarining yuqori martabali vakillari ishtirok etishmoqda.







