Chegara bojxona postlarida Ruxsatnomalarni berish punktlari ochildi
2026-06-04 10:00:00 / Yangiliklar
"Avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishning ruxsatnoma tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Hukumat qaroriga (114-son, 25.03.2026-yil) muvofiq chegara bojxona postlarida ruxsatnomalarni berish punktlari o‘z faoliyatini boshladi.

Ayni damda quyidagi chegara bojxona postlarida milliy tashuvchilarga xorijiy yoki ko‘p tomonlama ruxsatnomalar berish punktlari ochildi:
▫️Qoraqalpog‘iston Respublikasi "Dovut-ota";
▫️Buxoro viloyatida "Olot";
▫️Andijon viloyatida "Do‘stlik";
▫️Sirdaryo viloyatida "Sirdaryo";
▫️Toshkent viloyatida "Yallama" va "S.Najimov" chegara bojxona postlari.
