Hisobotlar
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2025 yildagi faoliyati natijalari to‘g‘risida
MA’LUMOT
I. Investitsiyalar
2025 yilda jami 43,1 mlrd AQSh dollari miqdoridagi xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi bo‘lib, bu yillik rejaning 124 foizini tashkil etdi.
Shundan:
- 38,2 mlrd AQSh dollari — to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar;
- 4,9 mlrd AQSh dollari — xalqaro moliya institutlari hamda xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablag‘lari.
Asosiy investor davlatlar Xitoy (15,5 mlrd AQSh dollari), Rossiya, Turkiya, Saudiya Arabistoni va BAA hisoblanadi.
Respublika bo‘yicha 76 ta tuman va shaharda 100 mln AQSh dollaridan ortiq, jumladan 27 tasida 200 mln AQSh dollaridan ortiq investitsiyalar o‘zlashtirildi.
Metallurgiya, konchilik, kimyo, farmatsevtika, to‘qimachilik, akkumulyator ishlab chiqarish sohalarida yirik loyihalar, jumladan Olmaliq KMKning “Yoshlik–I” va Navoiy KMKning “Muruntov” loyihalari amalga oshirilib, minglab yangi ish o‘rinlari yaratildi.
II. Hududiy investitsiya dasturi
Hududiy investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 12,6 mlrd AQSh dollari bo‘lgan 9 868 ta investitsiya loyihasi ishga tushirildi.
Mazkur loyihalar hisobiga 288,6 mingta yangi ish o‘rni yaratildi.
Loyihalarning tarmoqlar kesimidagi tuzilmasi:
- Sanoat — 48 foiz;
- Xizmatlar sohasi — 44 foiz;
- Qishloq xo‘jaligi — 8 foiz.
III. Xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi loyihalar
2025 yilda xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokida umumiy qiymati 19,4 mlrd AQSh dollari bo‘lgan 119 ta loyiha amalga oshirildi.
Yil yakuniga qadar 4,7 mlrd AQSh dollari (yillik rejaning 89 foizi) o‘zlashtirildi.
Mablag‘lar asosan energetika, transport infratuzilmasi, suv xo‘jaligi, kommunal soha va sog‘liqni saqlash yo‘nalishlariga yo‘naltirildi.
Ushbu loyihalar doirasida avtomobil yo‘llari, ichimlik va oqova suv tarmoqlari, GES va IESlar, elektr uzatish tarmoqlari barpo etilib, 1 000 ta zamonaviy avtobus xarid qilindi.
IV. Oliy darajadagi tashriflar doirasida erishilgan kelishuvlar
2025 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy davlatlarga amalga oshirgan oliy darajadagi tashriflari doirasida 1 665 ta kelishuvga erishildi.
Mazkur tashriflar natijasida jami 160,1 mlrd AQSh dollari miqdoridagi investitsiya va savdo bitimlari imzolandi, jumladan:
- 120,7 mlrd AQSh dollari — to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar;
- 14,1 mlrd AQSh dollari — xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya ташкилотлари mablag‘lari;
- 25,3 mlrd AQSh dollari — savdo shartnomalari.
V. Eksport
2025 yil yakunlariga ko‘ra respublika eksporti (maxsus eksportni hisobga olmagan holda) 23,5 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi va 2024 yilga nisbatan 120 foiz o‘sish qayd etildi.
Eksportning asosiy o‘sishi meva-sabzavot mahsulotlari, elektrotexnika, qurilish materiallari, oziq-ovqat, kimyo sanoati, turizm, transport hamda axborot texnologiyalari xizmatlari hisobiga ta’minlandi.
Eksport geografiyasi 131 ta davlatga yetkazilib, 55 turdagi yangi mahsulotlar ilk bor tashqi bozorlarga chiqarildi.
Davlat tomonidan ko‘rsatilgan qo‘llab-quvvatlash choralari natijasida 3,6 mlrd AQSh dollari miqdoridagi eksport amalga oshirildi.
2026 yil uchun eksport hajmi 27,7 mlrd AQSh dollariga yetkazilishi rejalashtirilgan.
