Kelib chiqish qoidalari
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 358-366-moddalarida tovar kelib chiqishiga oid qoidalar mavjud. Umuman olganda, yuqoridagi qoidalar kelib chiqish qoidalari to‘g‘risidagi GATT/JST kelishuvida belgilangan kelib chiqish qoidalarini qo‘llash talablariga javob beradi.
Tovarning kelib chiqishini tasdiqlash uchun bojxona organlariga belgilangan xalqaro standartdagi kelib chiqish sertifikati taqdim etiladi.
MDHga a’zo davlatlardan ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan MDH Hukumat rahbarlari kengashining 1993 yil
24 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan tovar kelib chiqqan mamlakatni aniqlash qoidalari qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasida tovarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikatlar tovar kelib chiqqan davlatni tasdiqlash maqsadida beriladi va import qilinadigan davlatning amaldagi qonunchiligiga muvofiq imtiyozlar olish uchun foydalanilishi mumkin. Tovarning kelib chiqishini sertifikatlashtirish deganda O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqilayotgan va reeksport qilinadigan tovarlarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikatlarni keyinchalik berish, sertifikatlash bilan tovar kelib chiqqan mamlakatni aniqlash bo‘yicha ekspertiza o‘tkazish tartibi tushuniladi.
Tovarlarni O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqishda sertifikat, sertifikat talab qilinadigan va bu tegishli shartnomalarda yoki import qiluvchi davlatning milliy qoidalarida belgilab qo‘yilgan yoxud O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarida nazarda tutilgan hollarda beriladi; shuningdek eksportyorning iltimosiga binoan. Yuqoridagilar bilan bir qatorda import qilinadigan mamlakatlarda O‘zbekiston tovarlarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartib-taomillarini soddalashtirish maqsadida, “O‘zbekekspertiza” AK tomonidan “O‘zbekekspertiza” AK rasmiy sayti orqali interaktiv xizmatlar oynasida eng qulay va sodda tarzda amalga oshiriladigan tovarlarning kelib chiqish sertifikatlarini tekshirishning elektron tizimi joriy etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 dekabrdagi 994-son qarori bilan tasdiqlangan Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga asosan, vakolatli organ — zimmasiga O‘zbekiston Respublikasidan eksport (reeksport) qilinayotgan tovarlarga sertifikat berish funksiyasi yuklatilgan va O‘zbekiston Respublikasi nomidan ma’muriy hamkorlikni amalga oshiradigan organ (https://lex.uz/docs/4643161).
O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi yoki u tomonidan vakolat berilgan organ vakolatli organ hisoblanadi, shuningdek eksport qiluvchi/ariza beruvchining ariza-deklaratsiyasi asosida sertifikat berish Savdo-sanoat palatasi tomonidan ham amalga oshiriladi.
