Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida yangi yosh xodimlar uchun seminar-trening o‘tkazildi
2025-09-09 23:10:00 / Yangiliklar

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida markaziy apparatga yaqinda ishga qabul qilingan yosh xodimlar uchun seminar-trening tashkil etildi. Tadbir ijro intizomi va mehnat intizomini mustahkamlash, shaxsiy va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish, jamoada ishchan muhit, o‘zaro hamkorlik va ijobiy kayfiyatni shakllantirish, faoliyat samaradorligini oshirish hamda yosh mutaxassislarga ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatishga qaratildi.
Seminar-trening doirasida vazirlikning tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari ishtirokida yangi xodimlarga quyidagi yo‘nalishlarda amaliy tushuntirishlar berildi:
- vazirlikning tashkiliy tuzilmasi, strategiyasi, asosiy faoliyat yo‘nalishlari, maqsad va vazifalari;
- ichki mehnat tartibi qoidalari va mehnat munosabatlarini tartibga solish;
- kiyinish madaniyati, korporativ etika va xulq-atvor me’yorlari;
- rasmiy muloqot madaniyati va investorlar bilan samarali hamkorlik qilish qoidalari;
- ijro intizomiga rioya etish, jumladan “ijro.gov.uz” va “edo.ijro.uz” tizimlarida ishlash;
- korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish masalalari.
Ushbu tadbir yosh kadrlarning kasbiy tayyorgarligini mustahkamlash, ularning jamoaga tezkor moslashuvi hamda vazirlik faoliyatida samarali ishtirokini ta’minlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.







