Transport, hududiy investitsiya dasturlari va SZni rivojlantirish bo‘yicha brifing
2024-02-28 15:00:00 / Matbuot anjumanlari

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida transport va logistika sohasidagi loyihalarni amalga oshirilishi, hududiy investitsiya dasturlari ijrosi, 2023-yilda va 2024-yil yanvarida O‘zbekiston sanoat zonalarini rivojlantirish hamda bu borada amalga oshirilgan ishlar natijalariga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ommaviy axborot vositalari vakillari, vazirlik mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Brifingda avtomobil, temir yoʻl transporti va aviatsiya sohalarida investitsiya loyihalarini hayotga tatbiq qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tafsilotlari maʼlum qilindi. Xususan, qit’aning 22 davlati bilan avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yilgani, o‘tgan yili mamlakatimizga 1 ming 169 ta avtobus yetkazib berilgani, dunyoning 33 davlatining vakolatli organlari bilan birgalikda yuk tashish uchun 200 mingga yaqin ruxsatnoma blankalarini rasmiylashtirilganligi qayd etildi.
Toshkent shahrida yer usti metro liniyasini qurish loyihasining 2-bosqichi doirasida ishlar nihoyasiga yetkazilib, 7 ta yangi bekat foydalanishga topshirildi, metroning umumiy uzunligi 73,05 km ni tashkil etdi. Mamlakat korxonalari tomonidan 600 ga yaqin avtomobillar, jumladan, yarim vagonlar, mineral tashuvchilar, don tashuvchilar, sement sisternalari va boshqalar ishlab chiqarildi.
Havo transporti sohasida mamlakatimizda 14 ta aviakompaniya, jumladan, 11 ta xususiy aviakompaniyalar faoliyat yuritmoqda. 2023-yilda mamlakat aviakompaniyalari tomonidan 44 276 ta reys amalga oshirildi, bu o‘tgan yilga nisbatan 39 foizga ko‘pdir.
ISSV ekspertlari 2023-yilda hududiy investitsiya dasturlari doirasida amalga oshirilgan qiymati 11,6 milliard dollarlik 7656 ta loyiha haqida ham so‘z yuritdi. Amalga oshirilgan loyihalarning qoyidagicha taqsimlandi: sanoat sohasida 31,3 foiz (4419 ta loyiha), xizmat ko‘rsatish sohasida – 52,7 foiz (7437 ta), qishloq xo‘jaligida – 16 foiz (2264 ta loyiha). 2024 yil rejalariga e’tibor qaratildi: ishlab chiqarish yo‘nalishida – 2807 loyiha, qishloq xo‘jaligida – 945 loyiha, xizmat ko‘rsatish sohasida – 3904 loyiha.
Tadbirda O‘zbekistonda sanoat zonalarini rivojlantirish natijalari ham ko‘rib chiqildi.







